BOLA XULQIDAGI NEGATIV SIFATLAR SHAKLLANISHIGА OILAVIY MUNOSABATLARNING TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: bola xulqi, negativ xatti-harakat, oilaviy muhit, ota-onalik munosabatlari, psixologik muvozanat, shaxs rivojlanishi, oilaviy nizolar, bolalarga tarbiya, emotsional muhit.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada bola shaxsining rivojlanishida oilaning ijtimoiy-psixologik muhiti hal qiluvchi omil sifatida baholanadi. Ayniqsa, bolada negativ xulqiy sifatlar – tajovuzkorlik, yolg’onchilik, befarqlik, o‘ziga ishonchsizlik kabi holatlarning shakllanishida oilaviy munosabatlarning bevosita ta’siri yoritiladi. Ota-onaning muomala uslubi, mehr-muhabbat darajasi, intizomga yondashuvi, oiladagi nizolar va emotsional muvozanat bolalarning ruhiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda negativ xatti-harakatlarning ildizlari, ularning oldini olish choralariga oid psixologik-pedagogik tavsiyalar ham bayon etiladi. Ushbu maqola pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan nazariy asoslarni taqdim etadi.