DESTRUKTIV EMOTSIONAL HOLATLAR O‘RTASIDAGI ALOQANING PSIXOLOGIK TAHLILI: AGRESSIYA VA DEPRESSIYA MISOLIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: destruktiv emotsiyalar, agressiya, depressiya, psixologik tahlil, affektiv holatlar, ichki ziddiyat, emotsional regulyatsiya, psixokorrektsiya, stress, psixoprofilaktika.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada destruktiv (buzuvchi) emotsional holatlar – agressiya va depressiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Agressiya va depressiya inson psixikasidagi turlicha ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, ularning ildizi ko‘pincha umumiy – ichki ziddiyatlar, o‘zini anglashdagi muammolar, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatsizlik, qoniqarsiz emotsional ehtiyojlardan kelib chiqadi. Tadqiqotda ushbu ikki holatning shakllanish mexanizmlari, bir-biriga aylanish ehtimoli, yoshga va shaxsiy xususiyatlarga bog‘liq tafovutlar tahlil qilinadi. Shuningdek, depressiv holatlarning yashirin agressiv reaktsiyalar bilan ifodalanishi, yoki ochiq agressiyaning ruhiy charchoq va tushkunlikka olib kelishi kabi holatlar psixologik jihatdan asoslab beriladi. Maqola yakunida ushbu destruktiv holatlarning oldini olish va ularni yengib o‘tish bo‘yicha psixoprofilaktika va psixokorrektsiya yo‘llari tavsiya etiladi.