SURUNKALI GEPATITLARNING ETIOLOGIYASI, KLINIK KECHUV XUSUSIYATLARI HAMDA TASHXISLASH USULLARI.
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: surunkali gepatit, etiologiya, klinik kechish, laborator diagnostika, instrumental tekshiruvlar, jigar sirrozi, gepatosellyulyar karsinoma.Abstract
ANNOTATSIYA: Surunkali gepatit – bu jigar hujayralarining uzoq muddatli yallig‘lanishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lib, virusli, autoimmun, toksik va metabolik omillarga bog‘liq holda rivojlanadi. Ushbu maqolada surunkali gepatitlarning etiologik omillari, klinik kechuv xususiyatlari va zamonaviy tashxislash usullari chuqur tahlil qilinadi. Surunkali gepatitning asosiy sabablari orasida gepatit B (HBV), gepatit C (HCV) va boshqa viruslarning uzoq muddat davom etuvchi infektsiyalari muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, autoimmun jarayonlar, genetik kasalliklar (Vilson-Konovalov kasalligi, gemoxromatoz), dori vositalari va spirtli ichimliklar jigar yallig‘lanishining rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Surunkali gepatitning klinik kechishi juda xilma-xil bo‘lib, asimptomatik shakllardan tortib, jigar sirrozi va gepatosellyulyar karsinoma (jigar saratoni) kabi og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Maqolada surunkali gepatitlarni erta tashxislashning ahamiyati, kasallikni differensial tashxis qilish yo‘llari hamda zamonaviy tibbiyotda mavjud bo‘lgan innovatsion diagnostik va terapevtik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari surunkali gepatit bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda asoratlarni oldini olishga qaratilgan samarali tashxis va davolash usullarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.