IQTIDORLI O’QUVCHILAR BILAN FAOLIYAT YURITISH TURLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: iqtidorli o‘quvchilar, innovatsion ta’lim, ijodiy fikrlash, individual yondashuv, pedagogik metodlar, rivojlantiruvchi muhit, tanlovlar va olimpiadalar.Abstract
Mazkur maqolada iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning samarali yo‘llari, ta’lim jarayonida ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish usullari va bu boradagi ilg‘or pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, o‘quv jarayonida mustaqil izlanishga yo‘naltirish, shuningdek, individual va guruhli ishlash shakllari orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion metodlar, loyiha asosida o‘qitish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar asosida fikrlar bildirilgan. Ushbu yondashuvlar nafaqat o‘quvchining intellektual salohiyatini oshiradi, balki ularni mustaqil qaror qabul qilishga, liderlik va ijtimoiy faollikka yo‘naltiradi.