GLOBALLASHUV JARAYONIDA BOLALARDA YUZAGA KELADIGAN MUOMMOLAR VA ULARNI PSIXOLOGIK OMILLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: globallashuv, bolalar tarbiyasi, ijtimoiy muammolar, ijtimoiy pedagogika, qadriyatlar, tarbiya, axborot makoni, madaniyatlar to‘qnashuvi, ota-ona, maktab, mahalla.Abstract
Annotatsiya: Globallashuv jarayoni zamonaviy jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, u bolalar tarbiyasi va ularning ijtimoiylashuvi jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada globallashuv sharoitida bolalarda yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, madaniyatsizlik, milliy qadriyatlardan uzoqlashish, internet va ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri, ijtimoiy befarqlik kabi holatlar yoritilgan. Shuningdek, bu muammolarning oldini olishda ijtimoiy pedagogikaning o‘rni, pedagog va ota-onalar hamkorligi, maktab va mahalla tizimining ahamiyati kabi ijtimoiy pedagogik omillar tahlil qilingan. Maqolada bolalar ongiga sog‘lom ijtimoiy qadriyatlarni singdirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash orqali globallashuvning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yo‘llari muhokama etilgan.