“OSMONDAGI BOLALAR 3 “ FILMI

Authors

  • Erkinboyeva Sevinch Author

Abstract

“Osmondagi bolalar 3”, filmi yoxud  “ Yerdagi otalar” . Bu filmning   1,2- qismlarini deyarli barchamiz sevib tomosha qilganmiz !  Bu filmning rejessiyori Zulfiqor Musoqov serqirra ijodkor, mohir rejessiyor va senariynavis hisoblanadi . Buni premyeraga kelgan, zalda to‘lib o‘tirgan tomoshabinlar ham isbotlaydi. Film barcha tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Filmni ko‘rar ekanman, aktyor va aktrisalar ijrosi , kadrlar, montaj , grim va tanlangan lokatsiyalar juda yoqdi . Filmda yumor ham , romantika ham , drama ham hatto jangovar sahnalar ham bor , bu filmni yanada qiziqarli qilgan . Filmni yana bir yoqgan tarafi voqealarga xos kichik taqlidiy kalit so‘zlar ham bor . Misol uchun: erta tongda Baxtiyorni o‘g‘li onasini qistovi bilan ko‘zini ochar-ochmas, otasi Baxtiyorni uyqudan turg’azishga borib, otasiga qo‘shilib uxlab qolgan joyidan so‘ng , olmaning tagiga olma tushgan kadr, bizning xalq maqolimiz , “Olmaning tagiga olma tushadi “. Yна qizning buvisi qatiq - sut sotadigan yigitning onasi bilan suhbati , Baxtiyorning qizi qatiq sotadigan bolani yaxshi ko‘rib qolgani uchun muzlatkichiga qatiqni to‘ldirib tashlashi alohida e’tiborni tortadi.

Published

2025-06-12

How to Cite

“OSMONDAGI BOLALAR 3 “ FILMI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 46(5), 150-152. https://scientific-jl.com/luch/article/view/20177