AKSIYADORLIK TIJORAT BANKIDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: aksiyadorlik tijorat banklari, sun’iy intellekt , raqamli transformatsiya, blokcheyn va katta ma’lumotlar tahlili, innovatsion loyihalar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada aksiyadorlik tijorat banklarida innovatsion faoliyatni boshqarish hamda tashkil etish uchun zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqolada sun’iy intellekt , raqamli transformatsiya, blokcheyn va katta ma’lumotlar tahlili kabi texnologiyalarning aksiyadorlik tijorat banklari xizmatlariga integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Turli xildagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda strategik rejalashtirish, xodimlar malakasini oshirish va mijozlar tajribasini yaxshilashning ahamiyati haqida so‘z boradi. Shu bilan birga, innovatsiyalarni joriy etish jarayonida xavf-xatarlarni boshqarish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari o‘rganiladi. Maqola xalqaro tajribalarni tahlil qilish asosida O‘zbekiston bank sektorida innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha turli xil amaliy tavsiyalar taklif etadi.