QANDLI DIABET KASALLIGIDA ZAMONAVIY DAVOLASH USULI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Qandli diabet, I tip diabet, II tip diabet, insulin terapiyasi, glyukoza nazorati, GLP-1 agonistlari, SGLT-2 inhibitatorlari, sun’iy oshqozon osti bezi, CGM texnologiyasi, dietoterapiya, beta hujayra regeneratsiyasi.Аннотация
Annoatatsiya. Mazkur maqolada qandli diabet (I va II tip) kasalligining zamonaviy davolash usullari keng yoritilgan. I tip diabetda insulin yetishmovchiligi va autoimmun jarayonlar asosida yuzaga keluvchi holatlarda zamonaviy insulin terapiyasi, glyukozani uzluksiz monitoring qilish texnologiyalari, individual dietoterapiya va sun’iy oshqozon osti bezi tizimlarining o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. II tip diabet holatida esa hayot tarzini o‘zgartirish, metformin, SGLT-2, GLP-1 agonistlari kabi zamonaviy farmakologik preparatlar, raqamli texnologiyalar va ilmiy yondashuvlarning samarasi tahlil qilingan. Maqolada diabet bilan kasallangan bemorlar uchun kompleks yondashuv, innovatsion davolash usullarining afzalliklari va kelajakda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan terapiyalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.