FRILANSER JURNALIST KIM?
Keywords:
Kalit so‘zlar: Frilanser jurnalist, erkin jurnalistika, raqamli media, axborot bozori, jurnalist erkinligi, mustaqil jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari, ijodiy faoliyat.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir davrda faoliyat yuritayotgan frilanser jurnalistlar fenomeni keng yoritilgan. Frilanser jurnalistika – bu ish joyiga, redaksiyaga yoki biror muayyan ommaviy axborot vositasiga bog‘liq bo‘lmagan, erkin ishlaydigan, asosan internet orqali buyurtma asosida material tayyorlovchi jurnalistlarning faoliyatini ifodalaydi. Maqolada frilanser jurnalistning huquqiy maqomi, kasbiy erkinligi, axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatlari, shuningdek, zamonaviy axborot bozoridagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, frilanser jurnalistikaning ijobiy va salbiy jihatlari, an’anaviy jurnalistikadan farqlari, bugungi raqamli davrda uning tutgan o‘rni, yosh jurnalistlar uchun imkoniyat va xavflar borasidagi masalalar ham ko‘rib chiqilgan. Mazkur maqola mustaqil ijod qiluvchi jurnalistlarning o‘ziga xos faoliyat yo‘nalishlarini anglash, jurnalistikada erkinlik va mas’uliyat o‘rtasidagi muvozanatni tushunishga yordam beradi.