KVAZIKRISTALLAR STRUKTURASINING SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MODELLASHTIRILISHI
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: kvazikristallar, sun’iy intellekt, modellashtirish, chuqur o‘rganish, evolyutsion algoritmlar, simmetriya, materialshunoslik, neyron tarmoqlar, struktura tahliliAbstract
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada kvazikristallarning murakkab tuzilmasini sun’iy intellekt vositalari yordamida modellashtirish masalasi tahlil qilinadi. An’anaviy fizikaviy va matematik usullar kvazikristallarning noaniq simmetriyasi va tartibsizlik darajasini aniq ifodalashda cheklovlarga ega. Shu bois, sun’iy intellekt, ayniqsa chuqur o‘rganish (deep learning) va evolyutsion algoritmlar asosida modellashtirish texnologiyalari ushbu murakkab strukturalarni tahlil qilish va prognozlashda istiqbolli vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada real eksperimental ma’lumotlar asosida mashina o‘rganishi algoritmlarining qo‘llanilishi, ularning modellashtirish aniqligi va fizikaviy xulosalarga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu yondashuv kvazikristallarni materialshunoslikda amaliy tadbiqlash imkoniyatlariga yangi ufqlar ochishini ko‘rsatadi.