PODAGRA PATOGENEZIDA MONOSODIY URAT KRISTALLARINING YALLIGʻLANISH KASKADI: NLRP3 INFLAMMASOMASI, IL-1Β VA TUGʻMA IMMUN JAVOBNING KLINIK-GENETIK ASOSLARI
Keywords:
KALIT SO‘ZLAR: Podagra, sitokin, interleykin-1β, kaskad reaksiyalar, mediatorlar, inflamasoma, monosodium urat, giperurikemiya, neytrofil xemotaksis omillar, neytrofillar, makrofaglar, granulotsit-koloniya stimulyatsiyalovchi omil, knockout, ASC adapter oqsiliAbstract
ANNOTATSIYA: Podagraning o‘tkir xuruji infeksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan - steril yallig‘lanishning klassik namunasi hisoblanadi va u yiringli yallig‘lanishdan farq qiladi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu holatda asosiy rolni leykotsitlardan interleykin-1β (IL-1β) ajralib chiqishiga sabab bo‘ladigan yallig‘lanish reaksiyasi o‘ynaydi. Ushbu jarayon ko‘plab sitokinlar va mediatorlarni o‘z ichiga oluvchi kaskad reaksiyalarni ishga tushiradi. Bu borada NLRP3 inflamasoma muhim ahamiyatga ega bo‘lib, biroq uni faollashtiruvchi biokimyoviy mexanizmlar hali to‘liq o‘rganilmagan. Mazkur maqolada urat kristallari tomonidan chaqiriladigan yallig‘lanish jarayonining maʼlum bo‘lgan mexanizmlari ko‘rib chiqiladi va yanada chuqur tadqiqot talab qilinadigan yo‘nalishlar belgilab beriladi.