ATROF MUHIT OMILLARINI MIKROORGANIZMLARGA TAʼSIRI.
Keywords:
Kalit soʻzlar: atrof muhit, mikroorganizmlar, bakteriyalar, metabolik jarayonlar, fiziologik omillar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, harorat, namlik.Abstract
Annotatsiya: Mikroorganizmlar - bu juda kichik, ko‘z bilan ko‘rinmaydigan, ammo hayotning ajralmas qismi bo‘lgan organizmlar bo‘lib, ular tabiatda va inson faoliyatining turli sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Ular tuproq, suv, havo va hatto inson tanasida yashaydi. Mikroorganizmlarning hayoti va faoliyati ko‘plab atrof muhit omillariga bog‘liq bo‘lib, ushbu omillar ularning o‘sishiga, ko‘payishiga, metabolik jarayonlariga va genetik barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Atrof muhit omillarini tushunish mikroorganizmlarning tabiiy muhitdagi roli va ularni sanoat, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda samarali qo‘llash uchun juda muhimdir. Harorat mikroorganizmlar uchun eng asosiy fiziologik omillardan biridir. Har bir mikroorganizmlar turi o‘ziga xos optimal harorat oralig‘iga ega bo‘lib, bu oraliqda ular eng faol va samarali o‘sadi.