INFEKSIYA VA IMMUNOLOGIYA HAQIDA TAʼLIMOT. IMMUNITET TURLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: infeksiya, immunitet, mikroorganizmlar, viruslar, zamburug‘lar, bakteriyalar, organizm, hujayralar, antitanalar.Abstract
Annotatsiya: Infeksiya va immunologiya inson organizmining eng murakkab va hayotiy jarayonlarini o‘rganadigan sohalardir. Ular bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, organizmning sog‘lig‘ini saqlashda, kasalliklarni oldini olish va davolashda muhim ahamiyatga ega. Infeksiya deganda, organizmga mikroorganizmlarning kirib, ularning ko‘payishi va shu orqali to‘qimalarga zarar yetkazishi tushuniladi. Ushbu mikroorganizmlar orasida bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va parazitlar mavjud bo‘lib, ular inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Immunologiya esa organizmni ushbu mikroorganizmlardan himoya qiluvchi tizimni o‘rganadi, uning qanday ishlashi, qanday shakllanishi va qanday qilib kasalliklarni oldini olishini tadqiq qiladi.