IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AYOLLARDA SUITSIDGA MOYILLIK XUSUSIYATLARINI KORREKSIYALASHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI.

Authors

  • Qodirova Surayyoxon Shokirovna Author

Abstract

KIRISH. Bosh qomusimizda davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko‘rishi belgilangan.O‘tgan qisqa vaqt davomida ushbu Konstitusiyaviy normani hayotimizga to‘laqonli tatbiq etishga qartilgan amaliy chora-tadbirlar boshlab yuborildi. Xususan, Prezidentning 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Jumladan, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qartiladi. Aholiga individual yondashuv asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishda hech shubhasiz aytish mumkinki, so‘nggi yillarda yaratilgan “ayollar”, “yoshlar”, “temir daftar” kabi daftarlarning o‘rni beqiyos. O‘z navbatida, mahallalarda tashkil etilgan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyati esa, ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish imkonini bermoqda. ganish natijasida ijtimoiy pasportlarini shakllantirish ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan, keys-menejment usulini qo‘llagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuborish, og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish ham markazning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.Aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji yuqori bo‘lgan qatlamini manzilli aniqlash borasida yuqoridagi kabi tizimning joriy etilishi, fuqarolarimizga zararuriy yordam va ko‘makni o‘z vaqtida qo‘rsatish orqali ortiqcha davlat byudjeti sarflanishining oldi olinishiga hamda bu orqali ko‘proq aholiga manzilli yordam ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning jinoiy xatti-harakatlarga moyilligi jamiyat rivojlanishining dolzarb masalalaridan biridir. Mazkur muammo insonning psixologik holati, ijtimoiy muhit ta’siri, iqtisodiy va madaniy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, unga oid tadqiqotlar O‘zbekiston psixologlari tomonidan ham olib borilgan. Shaxsning ijtimoiy jihatdan nochor holatda bo‘lishi uning ruhiy izlanishlariga, ichki kechinmalariga ta’sir etib, natijada u turli noqonuniy yo‘llarga murojaat qilishi mumkin. A. Abduqodirov (2018) ta’kidlaganidek, insonning ijtimoiy-huquqiy muhitga moslashishi uning psixologik barqarorligi bilan bevosita bog‘liq. Agar shaxsda o‘zini jamiyatga moslashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, u o‘zining ehtiyojlarini qondirish uchun jinoiy yo‘llarni tanlashi mumkin.

Published

2025-07-13

How to Cite

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AYOLLARDA SUITSIDGA MOYILLIK XUSUSIYATLARINI KORREKSIYALASHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 48(2), 248-255. https://scientific-jl.com/luch/article/view/24744