FRONT-ENDGA OID REAL HAYOTIY MUAMMOLAR ASOSIDA MASHG‘ULOTLAR ISHLAB CHIQISH VA BAHOLASH
Keywords:
Kalit so’zlar: Front-end dasturlash, real hayotiy muammolar, amaliy mashg‘ulotlar, loyihaviy yondashuv, kontekstual ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, kod sifati, web texnologiyalarAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada front-end dasturlashni o‘qitishda real hayotiy muammolar asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. An’anaviy nazariy yondashuvlarning cheklanganligi va o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda sustligi, ushbu yondashuvga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida real loyihalarga asoslangan mashg‘ulotlar modeli ishlab chiqildi va tajriba tariqasida sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, real muammolar asosida tuzilgan topshiriqlar o‘quvchilarning mustaqil ishlash qobiliyatini, motivatsiyasini va kasbiy tayyorgarligini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada shuningdek, mashg‘ulotlarni loyihalash metodikasi, baholash mezonlari va kelgusidagi ilmiy yo‘nalishlar haqida ham fikr yuritiladi.