DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODIKASI

Authors

  • Rahmonova Dilnoza Toshmirzayevna Author

Keywords:

Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, virtual haqiqat, matnli dasturiy vosita, diagrammalar, eskizlar, jadvallar, audio ta’limiy dasturiy vositalar

Abstract

Annotatsiya. Dasturiy vosita yaratishning asosiy maqsadi va vazifalari — o‘quv jarayonini samarali qo‘llab-quvvatlash va yaxshilash, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qitish metodlarini modernizatsiya qilish va talabalarga interaktiv, shaxsiylashtirilgan o‘rganish tajribasini taqdim etishdir. Dasturiy vosita, ayniqsa, raqamli ta’limda, o‘qituvchilar va talabalar uchun qulayliklar yaratadi. Odatda, axborot vositalarini shakllantirish foydalanuvchi sub’yektlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda shu kunga qadar to‘plangan va nazariy jihatdan olinadigan axborot vositalaridan foydalanib amalga oshadi. Insoniyat azaldan turli ixtisoslashtirilgan kutubxonalar, arxivlar va boshqa turdagi turli xil ma’lumot fondlarini shakllantiradi. Bugungi axborotlashtirish davrida, ushbu manbalar, axborot vositalari omborlari elektron shaklga o‘tkaziladi, ya’ni ombordagi ma’lumotlar raqamlashtiriladi hamda ushbu ixtisoslashtirilgan ma’lumotlarni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun elektron axborot tizimlari yaratiladi.

Published

2025-07-26

How to Cite

DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH METODIKASI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 49(2), 51-55. https://scientific-jl.com/luch/article/view/25394