“GEOSIYOSIY RAQOBAT: MARKAZIY OSIYO KELAJAGI KIMNING QO‘LIDA?”
Keywords:
Kirish so`zlar. Geosiyosiy raqobat, Markaziy Osiyo, Bir kamar-bir yo`l, C5+1 Formati, Neytralitet siyosati, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT), Yevropa Ittifoqi, Harbiy bazalar.Abstract
Abstrakt. Bugungi global siyosiy muhitda Markaziy Osiyo mintaqasi yana diqqat markaziga qaytmoqda. Tarixda "Buyuk O‘yin" deb nom olgan geosiyosiy raqobat zamonaviy shaklda tiklanib, bu safar ko‘proq ishtirokchilar va murakkabroq manfaatlar bilan yuzaga chiqmoqda. Xitoy, Rossiya, AQSh, Turkiya, Hindiston va boshqa yirik geosiyosiy aktyorlar Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirishga urinmoqda. Bu raqobat nafaqat harbiy va diplomatik vositalar, balki iqtisodiy, madaniy va texnologik sohalarni ham o‘z ichiga olgan kompleks jarayon sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada geosiyosiy kuchlar o‘rtasidagi raqobatning zamonaviy ko‘rinishlari, ularning Markaziy Osiyo davlatlariga, xususan, O‘zbekistonning tashqi siyosatiga ta’siri tahlil qilinadi. Xitoyning “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi, AQShning xavfsizlik hamkorligi va inson huquqlariga asoslangan yondashuvi mintaqaning suvereniteti, xavfsizligi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani savol ostiga olinadi. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonning ushbu murakkab muhitda qanday strategik pozitsiyani egallayotgani, qanday siyosiy muvozanat saqlashga harakat qilayotgani ham chuqur tahlil qilinadi. Neytralitet va pragmatik tashqi siyosat o‘rtasidagi muvozanat, ko‘p vektorli hamkorlik, va mintaqaviy integratsiyaga bo‘lgan intilishlar asosida O‘zbekiston o‘z manfaatlarini himoya qilishga harakat qilmoqda. Maqolaning asosiy maqsadi – geosiyosiy kuchlarning mintaqadagi harakatlarini tahlil qilish va ularning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Shuningdek, maqola orqali Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa O‘zbekiston, qanday qilib geosiyosiy bosim ostida o‘z mustaqilligini saqlab qolish va barqaror taraqqiyot yo‘lini tanlash imkoniyatiga ega ekani ko‘rsatib beriladi.