ISLOMIY MOLIYA SANOATIDA MAMLAKAT RIVOJLANISHI UCHUN MIKROMOLIYALASH

Authors

  • Musayeva Gulmira Ulug'bekovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Islomiy moliya, mikromoliyalash, iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy inklyuziya, strategik rejalashtirish, ijtimoiy adolat., Keywords: Islamic finance, microfinancing, economic stability, financial inclusion, strategic planning, social justice.

Abstract

   Annotatsiya. Mazkur maqolada islomiy moliya sanoatida mamlakat rivojlanishi uchun mikromoliyalash turlari va ularning ahamiyati tahlil qilingan. Mikromoliyalashning samaradorligi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy resurslarni adolatli taqsimlash, ijtimoiy adolatni rivojlantirish va iqtisodiyotning noan’anaviy sektorlarini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi. Maqolada islomiy moliya prinsiplari asosida mikromoliyalashni amalga oshirishda qo‘llaniladigan asosiy tamoyillar, ularning amaliy ahamiyati va afzalliklari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida islomiy moliya sanoatida mikromoliyalash jarayonlarini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan strategik rejalashtirish, moliyaviy inklyuziyani oshirish va shaffof boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari islomiy moliya vositalaridan foydalanishni kengaytirish, mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan strategik qarorlar qabul qilishda amaliy ko‘mak sifatida foydalanilishi mumkin.

Abstract. This article analyzes microfinancing models in the Islamic finance industry and their importance for national development. The effectiveness of microfinancing is assessed based on key indicators such as ensuring economic stability, equitable allocation of financial resources, promoting social justice, and supporting unconventional sectors of the economy. The article explores the main principles of implementing microfinancing within Islamic finance, along with their practical significance and advantages. The study provides recommendations on strategic planning, enhancing financial inclusion, and implementing transparent management systems to further develop microfinancing processes in the Islamic finance sector. The findings of this research can serve as practical guidance for expanding the use of Islamic financial tools, fostering economic growth, and addressing the socio-economic needs of the population.

Author Biography

  • Musayeva Gulmira Ulug'bekovna

    O`zbekiston Respublikasi Toshkent

    Bank-moliya akademiyasi 2-kurs tinglovchisi  

Published

2025-01-21

How to Cite

ISLOMIY MOLIYA SANOATIDA MAMLAKAT RIVOJLANISHI UCHUN MIKROMOLIYALASH. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 37(3), 137-145. https://scientific-jl.com/luch/article/view/346