DAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARINI MOLIYAVIY TA'MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH (TTA URGANCH FILALI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: Oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy ta’minlash, davlat byudjeti, grantlar, subsidiyalar, ta’lim sifati, strategik qarorlar., Keywords: Higher education institutions, financial support, state budget, grants, subsidies, education quality, strategic decisions.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarini moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari, xususan, TTA Urganch filali misolida tahlil qilingan. Oliy ta’lim muassasalarining samarali moliyalashtirilishi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va zamonaviy infratuzilma yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishning mavjud holati, davlat byudjeti mablag‘larining taqsimoti va xususiy sektor bilan hamkorlik qilishning afzalliklari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda innovatsion yondashuvlarni joriy qilish, grantlar va davlat subsidiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek, qo‘shimcha moliyaviy manbalarni jalb qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan strategik qarorlar qabul qilishda amaliy qo‘llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
Abstract. This article examines the issues of improving the financial support system for state higher education institutions, specifically focusing on the case of the Urgench Branch of Tashkent Medical Academy (TMA). Effective financing of higher education institutions plays a crucial role in enhancing the quality of education, advancing scientific research activities, and developing modern infrastructure. The article analyzes the current state of financing in higher education, the allocation of state budget funds, and the advantages of collaboration with the private sector. The study proposes recommendations and strategies for introducing innovative approaches in financing, efficiently utilizing grants and state subsidies, and attracting additional financial resources. The findings of this research provide practical guidance for making strategic decisions aimed at ensuring the financial stability and development of higher education institutions.