MAMLAKATIMIZDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISHNING AFZALLIKLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar; Moliyaviy hisobot ,Xalqaro standartlar, IFRS (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari) , Moliyaviy shaffoflik,Audit, Hisobot berish tizimi, Investitsiyalar,Moliyaviy tahlil, Xalqaro moliyaviy tizimAbstract
Annotatsiya; Mazkur ish "Mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o‘tishning afzalliklari" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirishning iqtisodiy va huquqiy jihatlarini tahlil qiladi. Moliya sohasidagi xalqaro standartlarga (Xalqaro moliyaviy hisobotlar standarti - IFRS) o‘tish mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida, investorlar uchun yanada ochiq va ishonchli tizimning shakllanishiga xizmat qiladi. Ushbu jarayonning afzalliklari orasida: xalqaro savdo va investitsiyalarni jalb etish, moliyaviy hisobotlar asosida xatoliklar va manipulyatsiyalarni kamaytirish, mamlakatning moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlash, shuningdek, moliyaviy tizimning shaffofligini oshirish kabilar keltiriladi. Bunda, xalqaro standartlarga o‘tish nafaqat biznes muhitini yaxshilashga, balki mamlakatning xalqaro maydonda raqobatbardoshligini oshirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunda, mavjud huquqiy va iqtisodiy to‘siqlarni bartaraf etish, sohada tajribali mutaxassislarni tayyorlash va yangi mexanizmlarni joriy etish zarurligi ta’kidlanadi.