O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING EKSPORT FAOLIYATIDA ISHTIROKINI RAG‘BATLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit so’zlar: kichik biznes subyektlari, eksport, klasterlar, brend, xususiy tadbirkorlik, rivojlantirish, xalqaro bozorlar.Abstract
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston eksport faoliyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Ularning mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Asosiy e’tibor infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tashabbuslari, jarayonlarni raqamlashtirish, klasterlashtirish va jahon bozorida mahsulotlarni ilgari surishga qaratilgan. Kichik biznesning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish va O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan kompleks yondashuvga alohida e’tibor qaratilgan.