BUDDAVIYLIK DINI
##semicolon##
Kalit so‘zlar: Siddxartxa, Gautama, Djina, Budda, Tadxagata, Maxavostu, Buddxacharita, O‘zbekiston, buddizm, Buyuk Ipak yo‘li, Fayoztepa, Dalvarzintepa, Qoratepa, 5–6 asrlar, madaniyat, tarix, buddaviy yodgorliklar.##article.abstract##
Annotatsiya: Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy xulosalar olib, boriladi. Hamda, maqolada 5–6 asrlarda O‘zbekiston hududida buddizmning tarqalishi, rivojlanishi va uning madaniy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. O‘sha davrda Buyuk Ipak yo‘li orqali kelgan buddaviylikning hududdagi siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’siri, buddaviy meros yodgorliklari va arxeologik topilmalar o‘rganiladi. Maqola davomida O‘zbekistonning Surxondaryo, Toshkent va boshqa hududlarida buddizm izlarini saqlab qolgan joylar haqida ma’lumot beriladi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.