MIOKARD INFARKTI

Authors

  • Abdiqodirova Ruxsora Olim qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, og’riq, tipik, atipik, kasalxonagacha, kasalxona, reabilitatsiya, ambulator.

Abstract

ANNOTATSIYA: Miokard infarkti – bu yurak mushaklarining (miokardning) qon bilan ta’minlanishi keskin buzilishi natijasida uning bir qismi nekrozga uchrashi bilan kechadigan xavfli kasallikdir. Ushbu holat asosan koronar arteriyalarning tromboz yoki ateroskleroz tufayli torayishi yoki to‘silishi natijasida yuzaga keladi.Miokard infarktining asosiy alomatlari quyidagilardir: ko‘krak qafasida to‘satdan paydo bo‘ladigan va uzoq davom etadigan kuchli og‘riq, og‘riqning chap qo‘l, yelka, jag‘ yoki orqaga tarqalishi, nafas qisishi, terlash, bosh aylanishi, qon bosimining o‘zgarishi, yurak ritmining buzilishi. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish va qon bosimini nazorat qilish asosiy profilaktik choralariga kiradi. Miokard infarkti o‘z vaqtida aniqlanib, samarali davolansa, bemorning hayoti saqlab qolinishi mumkin.

Author Biography

  • Abdiqodirova Ruxsora Olim qizi

    Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Published

2025-04-25

How to Cite

MIOKARD INFARKTI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 43(2), 283-288. https://scientific-jl.com/luch/article/view/10453