BOLALARGA NISBATAN ZO’RAVONLIKNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OQIBATLARI
Keywords:
Kalit so'zlar: jismoniy zo'ravonlik, psixologik zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, stress, ishonchsizlik, depressiya, o'zini past baholash, jismoniy va ruhiy salomatlik.Abstract
Annotatsiya: Zo'ravonlik, ayniqsa bolalarga nisbatan, eng og'ir psixologik travmalarni keltirib chiqaradigan holatlardan biridir. Bolaga nisbatan zo'ravonlikning oqibatlarini aniqlash va to'g'ri tashxislash samarali terapevtik aralashuvni amalga oshirish uchun zaruriy omil hisoblanadi, shuning uchun bu jarayonda mutaxassislarning roli juda muhim. Travmatik hodisalarni boshdan kechirgan bolalarning psixologik xususiyatlarini o'rganish, ularni tan olish va kerakli aralashuvlarni taqdim etish bolalarning tiklanish jarayonini tezlashtiradi. Shunday qilib, zo'ravonlikka uchragan bolalarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish va travmatik tajribalarning oqibatlarini baholash usullarini ishlab chiqish, ularni psixologik reabilitatsiya qilish uchun zarurdir. Ushbu masalani chuqur o'rganish, bolalarning psixologik sog'lig'ini tiklash va rivojlantirishga yordam beradi.