KO'RISH BO'YICHA IMKONIYATI CHEKLANGAN O'QUVCHILARGA TARIX FANINI
Keywords:
Kalit so’zlar: ko‘rish imkoniyati cheklanganlar, tarix ta’limi, inkluziv ta’lim, Braille yozuvi, audio darsliklar, relyefli xaritalar, sensorli texnologiyalar, sun’iy intellekt, virtual yordamchilar, interaktiv o‘qitish, didaktik yondashuvlar.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga tarix fanini o‘rgatishning zamonaviy metodikasi, texnologik yechimlari va inkluziv ta’lim tamoyillari asosida yondashuvlar tahlil qilinadi. Tarix fani odatda vizual materiallarga tayanadi, biroq ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun tarixiy bilimlar maxsus usullar – Braille yozuvi, audio darsliklar, relyefli xaritalar, sensorli platformalar va hikoyaviy yondashuvlar orqali taqdim etilishi zarur. Maqolada bunday o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda eshitish, his qilish va tasavvur kabi sezgi imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, virtual yordamchilar, sun’iy intellektga asoslangan ovozli vositalar, moslashtirilgan testlar va interaktiv muhitlarning ahamiyati yoritilgan. Muallif ko‘rish imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun tarix fanini tushunarli va qiziqarli qilish — bilim olishda tenglik va inklyuzivlikni ta’minlashning muhim vositasi ekanini asoslab beradi.