JAHON TAJRIBASIDA IJTIMOIY TADBIRKORLIK VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNI SOLIQQA TORTISH USULLARI

Authors

  • Yerjanov Shohrux Kabil oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: ijtimoiy tadbirkorlik, nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT), soliqqa tortish, soliq imtiyozlari, soliq rejimlari, jahon tajribasi, ijtimoiy xususiyatlar, soliqqa tortish siyosati, iqtisodiy barqarorlik, soliq islohotlari, xalqaro hamkorlik, soliq samaradorligi, davlatlararo farqlar.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada, ijtimoiy tadbirkorlik va nodavlat notijorat tashkilotlarning soliqqa tortish tizimlari, ularning jahon miqyosidagi tajribasi va soliq imtiyozlarining samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda, ijtimoiy tadbirkorlik va NNT’lar uchun soliq siyosatining rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi farqlari, soliq rejimlari va imtiyozlar tizimining moliyaviy barqarorlikka ta'siri o‘rganilgan. Birlashgan Qirollik, AQSh, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarning tajribalari va soliq siyosatidagi ilg‘or yondashuvlar, rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud to‘siqlar va imtiyozlar tizimining samaradorligi muhokama qilinadi. Maqolada, ijtimoiy tadbirkorlik sektorining global rivojlanishi va soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari soliq siyosatini yanada soddalashtirish, maxsus soliq rejimlarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola, soliq siyosatining ijtimoiy tadbirkorlik va NNT’lar sektoridagi o‘rnini tushunishga va amaliyotda samarali yondashuvlar ishlab chiqishga yordam beradi.

Author Biography

  • Yerjanov Shohrux Kabil oʻgʻli

    Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

    Magistratura I bosqich tinglovchisi

Published

2025-01-24

How to Cite

JAHON TAJRIBASIDA IJTIMOIY TADBIRKORLIK VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARNI SOLIQQA TORTISH USULLARI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 37(5), 9-18. https://scientific-jl.com/luch/article/view/508