KVANT MEXANIKASI ASOSLARI VA UNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDA QO‘LLANILISHI
Keywords:
Kalit so‘zlar: kvant, tunnel, zamonaviy texnologiya, mexanika, fizika, ilmiy tadqiqotlar.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada kvant mexanikasining asosiy tushunchalari va nazariyalari tahlil qilinadi hamda ularning zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Kvant holatlarining superpozitsiyasi, bog‘lanish (entanglement) va kvant tunnellanishi kabi fenomenlarning mohiyati, ular asosida yaratilgan texnologiyalar – kvant kompyuterlar, kvant kriptografiya va kvant sensorlarning ishlash prinsiplari keltirib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada kvant mexanikasining tibbiyot, aloqa, energetika va boshqa sohalardagi istiqbollari va amaliyotdagi qo‘llanilishi bo‘yicha ilmiy-tahliliy xulosalar bayon qilinadi. Ushbu tadqiqot kvant mexanikasining zamonaviy texnologiyalarni yaratish va rivojlantirishdagi o‘rni va imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan.