ISLOMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.

Authors

  • G'ulomjonov Muhammadzohid Author
  • Murodov Javlon Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, huquq, erkinlik, kafolat, rag‘bat, demokratiya, davlat, jamiyat, inson qadri,

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqola, islomda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar, chora-tadbirlarning muhokamaviy qismiga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining Muqaddimasida O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi qo'yilganligi aytib o'tilgan. Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o‘rinni egallashi umume’tirof etilgan haqiqatdir. Inson huquqlari masalasining har qanday sivilizasiyalashgan, adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini kamaytirib bo‘lmaydi. Demokratik, huquqiy davlat qurishning bosh sharti asosiy huquq va erkinliklarni rag‘batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi.

Author Biographies

  • G'ulomjonov Muhammadzohid

    Andijon davlat unversiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari 102-guruh talabasi

  • Murodov Javlon

    Andijon davlat unversiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari 102-guruh talabasi

Published

2025-04-13

How to Cite

ISLOMDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 42(3), 134-139. https://scientific-jl.com/luch/article/view/8705