PSIXOLOGIK MOSLASHUV VA MASOFAVIY TA'LIMNING TALABALARGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so'zlar: Psixologik moslashuv, Masofaviy ta'lim, Talabalar psixologiyasi, Motivatsiya, Ijtimoiy izolyatsiya, Psixologik qiyinchiliklar, Masofaviy ta'limning afzalliklari, O'qituvchi va talabalar o'rtasidagi aloqalar, O'quv motivatsiyasi,Shaxsiy rivojlanish, O'qishdagi farqlarAbstract
Anatatsiya: Bugungi kunda masofaviy ta’lim nafaqat ta'lim uslubi, balki talabalarning psixologik holati va shaxsiy rivojlanishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, masofaviy ta’limning keng tarqalishi, talabalarda yangi psixologik moslashuv jarayonlarini keltirib chiqarmoqda. Yuzma-yuz o‘qishdan masofaviy ta’limga o‘tish, talabalarni mustaqil o‘qish, motivatsiyani saqlash va texnologik muammolarni hal qilish kabi ko‘plab qiyinchiliklarga duchor qilmoqda. Shu bilan birga, masofaviy ta’limning afzalliklari, masalan, vaqtni boshqarish, moslashuvchanlik va mustaqil o‘rganish imkoniyatlari, talabalarning shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqola, psixologik moslashuv jarayonini va masofaviy ta’limning talabalarga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, talabalar qanday psixologik va ijtimoiy muammolarni boshdan kechirishi va bu jarayonni qanday samarali boshqarish mumkinligi masalalariga yoritish beradi.