TARIX FANINI O‘QITISHDA BOSMA MATNLAR BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI

Authors

  • Olimova Nafisa Foziljonovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Bosma matnlar, tarixiy adabiyotlar, hujjatlar, xronologiya, darslik matni, tarixiy faktlar. Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan matnlarga darslik matni, tarixiy hujjatlar, ilmiy - ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar kiradi. Bosma matnlar o‘quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo‘lgani kabi o‘qituvchining bilim manbaining asosini tashkil etadi. Matnlar ustida ishlash o‘quvchilar bilimini kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq tushunib olishlariga yordam beradi. Maktab o‘quvchilari har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish ko‘rish masalasini hosil qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki usullari bilan amaliy ravishda tanishadilar. Tarix o‘qitishda darslik matni ustidagi ishlar o‘quv o‘zlashtirilishi va uni esda saqlab qolish, o‘quv matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, aniqlashtirish va umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. Shuningdek, matn ustida ishlashda xronologiyani tayyor tarixiy tushunchalar tarifni o’zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy asoslar va statistik ma‘lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o’zlashtirish va aniqlashtirish, lug‘at ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab bo‘lmagan yozuv va grafik ishlarini olib borish, matn ustida dasturlashgan ta‘lim elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko‘zda tutiladi.

Abstract

Anotatsiya: Tarix o‘qitishda qo‘llaniladigan matnlar, darslik matni, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyati, fanlararo yondashuv, Umumta’lim maktablari tajribasida darslikdagi bosma matnlar, tarixiy hujjatlar, asarlar, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar tarix darslarida qo‘llaniladigan matnlarga kiradi. Bosma matnlar o‘qituvchi bayonining asosini tashkil etadi.

Author Biography

  • Olimova Nafisa Foziljonovna

    Tarix fani o’qituvchisi

Published

2025-02-06

How to Cite

TARIX FANINI O‘QITISHDA BOSMA MATNLAR BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 38(2), 139-142. https://scientific-jl.com/luch/article/view/1334