ADDEKTIV XULQ ATVORLI OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Deviant xatti-harakat, yoshlar, axloqiy me’yorlar, og‘ish, profilaktika, jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, o‘g‘rilik, o‘smirlar, ota-ona, maktab, o‘qituvchi, mahalla, jamiyat.Аннотация
Annotatsiya: Yurtimizning porloq kelajagi yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol shaxs sifatida shakllanishiga bevosita bog‘liqdir. Shu boisdan ham mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularning intellektual va ma’naviy kamolotini ta’minlash yo‘lida davlatimiz tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yoshlar bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqdalar. Shu bilan birga, jamiyatimizda ayrim tashvishli holatlar ham uchramoqda. Ayniqsa, voyaga yetmaganlar orasida deviant (ya’ni me’yorlardan og‘ishgan) xatti-harakatlarning kuzatilayotgani kishini o‘ylantiradi. Ushbu maqolada biz deviant xulqli bolalarning shakllanish sabablari, ularni yuzaga keltiruvchi omillar va bu holatlarning oldini olish yo‘llarini tahlil qilamiz. Chunki voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ijtimoiy muammolarning aksariyati ana shunday xatti-harakatlarning oqibati sifatida vujudga kelmoqda.