BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY MOSLASHUV JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Raxmonova Guluzro Qaxramonovna Автор

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ijtimoiy moslashuv, boshlang‘ich sinf, psixologik xususiyatlar, moslashuv qiyinchiliklari, sinf muhiti, o‘qituvchi roli, maktab psixologi, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, Andijon tajribasi

Аннотация

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy moslashuv jarayoni – ularning yangi ijtimoiy muhitga kirib borishi, o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan aloqa o‘rnatishi, ta’lim talablariga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik jarayondir. Bu bosqich bolaning keyingi psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada aynan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuv jarayonida kuzatiladigan psixologik xususiyatlar, ularni shakllantirishda pedagog va ota-onalarning roli, sinf muhitining ta’siri tahlil qilinadi. Moslashuv davrida bolalar bir qator psixologik muammolarga – uyatchanlik, qo‘rquv, o‘ziga ishonchsizlik, agressivlik va ijtimoiy izolyatsiyaga duch kelishi mumkin. Tadqiqotda Andijon viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida olib borilgan kuzatuvlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuv darajasi, uni aniqlovchi asosiy omillar va samarali yondashuvlar o‘rganildi. Maqolada psixologik yondashuvlar, sinfga moslashtirish texnikalari, o‘quvchilar bilan olib boriladigan individual va guruhiy mashg‘ulotlar namunalari keltirildi. Muammo dolzarbligi ta’lim jarayonidagi har bir ishtirokchi uchun muhim bo‘lib, ayniqsa, bolaning ijtimoiy-emosional rivojlanishida asosiy omil sanaladi.

Опубликован

2025-06-16

Как цитировать

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY MOSLASHUV JARAYONINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 47(1), 213-217. https://scientific-jl.com/luch/article/view/20930