ANEMIYA YOKI KAMQONLIK —BOLALARDA, BELGILARI, TASNIFI, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Аннотация
Anemiya yoki kamqonlik — qonning birlik hajmida gemoglobinning past kontsentratsiyasi bilan xarakterlanadi va shu bilan birga, inson tanasida, qizil qon hujayralari (eritrotsit) sonining kamayishi bilan bog’liqdir. Anemiya holati ikkinchi darajali bo’lib, turli kasalliklarning belgisi hisoblanadi. Ko’p kasalliklar, yuqumli va parazitar etiologiyali va saraton oldi holatlari va saraton mavjudligi kamqonlik bilan birga kechadi. Biroq, anemiya birlamchi holat sifatida organizmning gaz almashinuvi buzilishini keltirib chiqaradi va oqibatda surunkali charchoq, uyquchanlik, bosh aylanishi, holsizlik, asabiylashish rivojlanadi. Og’ir hollarda anemiya shok holatlariga, gipotoniyaga (qon bosimining pasayishi), yurak toj tomirlari va o’pka yetishmovchiligiga, gemorragik shok holatiga olib kelishi mumkin. Anemiya aniqlangach, davolash alomatlarni va kamqonlikka sabab bo’lgan asosiy kasalliklarni bartaraf etishga qaratiladi.