SUN’IY INTELLEKT NIMA VA UNING KELIB CHIQISH TARIXIL;
Аннотация
Sungi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari hayotimizga tobora chuqurroq kirib bormoqda.Ish joylarida qo‘llaniladigan kompyuterga asoslangan tizimlardan tortib, uy tozaligida ishlatiladigan elektr changyutgichlargacha, yo‘l yo‘nalishini belgilovchi avtomobil navigatsiya tizimida,kundalik hayotda foydalanilayotgan ko‘plab ilovalarda sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanilmoqda Bugungi kunda tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan sun’iy intellekt tizimlari insonlarning kundalik va mehnat faoliyatidan tashqari, hordiq chiqarish usullari va hayot tarzlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy dunyoning jamiyat tuzilmasi va hayot tarzini virtual muhitlarga ko‘chirgan Facebook, Twitter, Netflix kabi bugungi kunning yirik kompaniyalarini tashkil etuvchi ijtimoiy media platformalari o‘z faoliyat rejalari va ish jarayonlarini sun’iy intellektga asoslanib tuzganlar.Sun’iy intellekt tizimlari, umuman olganda, tashkilot va muassasalarga katta ma’lumotlarni qayta ishlash orqali yanada to‘g‘ri va samarali qarorlar qabul qilishda yordam beradigan fikr yuritish (aql-idrok asosidagi) boshqaruv vositalaridir.Bu tizimlar inson resurslarini rejalashtirishdan tortib, davlatlarning rivojlanish strategiyalarigacha bo‘lgan barcha sohalarda qo‘llanilishi mumkin.Davlatlar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotni qayta ishlash, tasniflash, nazorat qilish, o‘lchash, tartibga solish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish zaruratga aylangan.