REFLEKSIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar. Refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, refleksiv yondashuv, metakognitiv kompetensiya, ta’lim samaradorligi, pedagogik muhit, shaxsiy rivojlanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, talaba faolligi, baholash mezonlari.Аннотация
Annotatsiya. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning refleksiv kompetensiyasini shakllantirish muammosi nazariy jihatdan yoritilgan. Asosiy e’tibor refleksiv yondashuv asosida o‘z-o‘zini baholash faoliyatining mazmuni, mohiyati, bosqichlari va pedagogik shart-sharoitlariga qaratilgan. O‘z-o‘zini baholash shaxsiy rivojlanish, metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantirish va ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida taqdim etiladi. Tadqiqot davomida refleksiv faoliyatni tashkil etishda samarali metodlar, didaktik vositalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ochiq, ishonchli ta’lim muhiti muhim omillar sifatida aniqlangan. Muallif tomonidan ta’lim amaliyotida refleksiv yondashuvni joriy etishga oid tavsiyalar ilgari surilgan.