KUCHLARNING VERTIKAL VA GORIZONTAL PROYEKSIYALARINI ANIQLASH DOIR MASALALARNI YECHISH USULLARI
Ключевые слова:
Kalit so'zlar: Ta’lim, Nyuton, maqsad, vertikal, gorizontal, brusok, tezlik, tezlanish, reaksiya, taranglik, shar.Аннотация
Yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida yosh avlodni har tomonlama yetuk, bilimli va faol shaxs qilib voyaga yetkazish, ularning sifatli ta’lim olishini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu yo‘nalishda fizika fanini o‘qitishda o‘quvchi va talabalar amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar va masala yechish darslari mazkur jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Biroq, bunday darslarda, ayniqsa murakkab masalalarni yechishda, ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ushbu maqolada mexanika bo‘limiga oid ikki misol yechimi orqali bunday muammolarga yechim taklif qilamiz. Ayniqsa, kuchlarning vertikal va gorizontal proyeksiyalarini aniqlashda uchraydigan tushunmovchiliklar tahlil qilinib, ularga nisbatan sodda va tushunarli yondashuvlar taqdim etiladi. Umid qilamizki, maqolada keltirilgan yondashuvlar ushbu mavzuni o‘zlashtirishni ancha osonlashtiradi.