O’QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MANTIQIY MASALALARNING TA’SIRI
Keywords:
Kalit so’zlar: Mustaqil fikrlash, kognitiv rivojlanish, tanqidiy fikrlash, mantiqiy xulosa chiqarish, o'quvchilarning ijtimoiy faoliyati, mantiqiy ko'nikmalar, intelektual rivojlanish, matematik modellashtirish, akademik mustaqillik, innovatsion ta'lim metodlariAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda mantiqiy masalalarning ta'sirini tahlil qiladi. Mantiqiy masalalar, ya'ni turli vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, muammolarni tizimli va oqilona tarzda hal qilishni o‘rgatadigan topshiriqlar, o‘quvchilarning fikrlash jarayonlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada mantiqiy masalalar orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, sintez qilish, argumentatsiya va problemalarni samarali hal etish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Bunday masalalar nafaqat matematik va ilmiy fikrlashni rivojlantiradi, balki kundalik hayotda to‘g‘ri va mantiqiy qarorlar qabul qilishni o‘rgatadi. Shuningdek, maqolada mantiqiy masalalarni yechish orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlash, xatolardan saboq olish va analitik fikrlashni kuchaytirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi. Mantiqiy masalalar ta'lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.