TEKISLIKDAGI JISMLARGA BOG’LANGAN BLOKLARGA OID MASALALARNI YECHISHDA KOORDINATALAR USULINI QO’LLASH METODIKASI
Abstract
Annotatsiya: Mamlakatimizda ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor zamirida yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash va sifatli ta’lim berish asosiy maqsad qilib belgilangan. Ushbu maqsad yo’lida fizika o‘qitishda o‘quvchilar va talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda amaliy mashg‘ulot va masala yechish darslari katta ahamiyatga ega. Amaliy mashg’ulot darslarida masalalarni yechishda ayrim murakkabliklar kelib chiqadi. Ushbu maqolada tekislikdagi jismlarga bog’langan bloklarga oid masalalarni yechishda koordinatalar usulini qo‘llashga to‘xtalib o‘tilgan va masala yechish metodikasi bayon qilingan. Bu usulni o‘rganish o’quvchilarga masalalarni yechishda qulayliklar yaratadi va chalkashliklarni oldidni oladi. O‘quvchilar hamda talabalarning bloklarning harakati va undagi qonuniyatlar haqidagi tasavvurlari rivojlanadi.