BOSHLANGʻICH TAʼLIM TABIIY FANLARI DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, tabiiy fanlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, AKT, konstruktivizm, vizual ta’lim, didaktik prinsiplar, blended learning, flipped classroom, STEM, o‘quv motivatsiyasi, interaktiv ta’lim, raqamli resurslarAbstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlar darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy asoslari tahlil etilgan. Pedagogik va psixologik nazariyalar asosida AKT vositalarining o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ijobiy ta’siri yoritilgan. Ayniqsa, konstruktiv yondashuv, vizual o‘rganish nazariyasi va faoliyatga asoslangan ta’lim modellari asosida AKT vositalari dars jarayonini yanada samarali tashkil etishga imkon yaratishi ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Shuningdek, ko‘rgazmalilik, faollik, individual yondashuv kabi didaktik prinsiplarning AKT yordamida amalga oshirilishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar – aralash ta’lim, teskari sinf va STEM yondashuvlar bilan uyg‘unligi misollar asosida yoritilgan. Tadqiqotda AKTdan foydalanish o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishi, motivatsiyasini oshirishi va analitik tafakkurini rivojlantirishi ilmiy asoslar bilan dalillangan.