OʻSMIRLIK DAVRIDA EMOTSIONAL INTELLEKT BORASIDAGI NAZARIYALAR

Авторы

  • Xajiboyeva Maftuna Valisherovna Автор

Ключевые слова:

Kalit so`zlar: emotsional intellekt, o`smirlik davri, psixologik o`zgarishlar, o`zini anglash, motivatsiya, shaxslararo munosabat, ruhiy salomatlik

Аннотация

Annotatsiya. Mazkur tezisda oʻsmirlik davrida emotsional intellekt (EI) rivojlanishi va unga oid yetakchi nazariyalar tahlil qilinadi. Emotsional intellekt – bu oʻz hissiyotlarini anglash, boshqarish, boshqalarning emotsiyalarini tushunish va ular bilan samarali munosabat qurish qobiliyatidir. Tadqiqotda Piter Salovey va Jon Mayerning EI nazariyasi, Deniel Goleman tomonidan ilgari surilgan amaliy model, shuningdek, Reuven Bar-Onning emotsional-ijtimoiy kompetentlik modeli asosida oʻsmirlik bosqichidagi psixologik oʻzgarishlar bilan emotsional intellekt oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik koʻrsatiladi. Ushbu davrda shaxsning identiteti shakllanib borishi, gormonal oʻzgarishlar va ijtimoiy muhit omillari EI rivojiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Tezisda emotsional intellektni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’limiy va psixologik yondashuvlar, shu jumladan, metakognitiv treninglar, ijtimoiy-emotsional oʻrganish dasturlari (SEL) samaradorligi muhokama qilinadi. Natijada, oʻsmirlarning psixologik barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va shaxslararo munosabatlar sifati emotsional intellekt darajasi bilan chambarchas bogʻliqligi isbotlanadi. Mazkur tezis oʻquvchilar, psixologlar hamda pedagoglar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali manba boʻlib xizmat qiladi.

Биография автора

  • Xajiboyeva Maftuna Valisherovna

    Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich magistri

Опубликован

2025-04-12

Как цитировать

OʻSMIRLIK DAVRIDA EMOTSIONAL INTELLEKT BORASIDAGI NAZARIYALAR. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 42(2), 438-442. https://scientific-jl.com/luch/article/view/8645