IPOTEKANI KREDITLASHNI TAKOMILASHTIRISH
##semicolon##
Kalit so‘zlar: ipoteka tizimi, raqamli kreditlash, uy-joy siyosati, moliyaviy islohotlar, bank-mijoz ishonchi, ijtimoiy himoya, subsidiya##article.abstract##
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada ipoteka kreditlash tizimini zamonaviy talablar asosida qayta ko‘rib chiqish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Ayniqsa, aholining real ehtiyojlariga mos keluvchi kredit mahsulotlarini yaratish, bank xizmatlarini raqamlashtirish va uy-joy qurilishi sohasida innovatsion hamkorlik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ishda xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish, moliyaviy risklarni kamaytirish hamda kredit oluvchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, bank va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlovchi yondashuvlarga alohida urg‘u berilgan. Tahlillar asosida ipoteka kreditlashda innovatsion yechimlar, ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar va samarali boshqaruv mexanizmlari muhim omillar sifatida ilgari surilgan.