XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASRNING BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGI. TURKISTONDA ILM-FAN VA MADANIYAT. MEN VA BOSHQALAR ,RUHIY TARBIYA

##article.authors##

  • Dilrabo Karimova Murodovna ##default.groups.name.author##
  • Hasanova Kibryo Jahongirovna ##default.groups.name.author##
  • Sotvoldiyeva Muazzam Turg’unovna ##default.groups.name.author##

##article.abstract##

XIX asr oxirida Buxoro amirligida  Buxorodan tashqari Chorjo‘y, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan. Amirlik iqtisodining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi sohasi tashkil etgan. Lekin dehqonlar har doim ham katta daromad olmagan. Ketma-ket kamhosil yillardan keyin baljuvonlik dehqonlar 1885-yilda mo‘l hosil yig‘ib olishdi. Soliq yig‘uvchilar esa nafaqat o‘sha yil uchun, balki o‘tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to‘lashni talab qilishdi. Bu esa dehqonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bunday soliq undirishni adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni to‘lashdan bosh tortdilar. Amaldorlar zo‘ravonligi va zulmi qo‘zg‘olonga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon 1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida ko‘tarilgan. Dehqonlar va amir Muzaffar lashkari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Tayyorgarlik ko‘rmagan va mehnat qurollari bilan ko‘chaga chiqqan dehqonlar mag‘lubiyatga uchradi. Qo‘zg‘olonchilar qo‘lga olinib, qatl etildi.

##submission.authorBiographies##

  • Dilrabo Karimova Murodovna

    Marg’ilon  shahar 1-son politexniumi

  • Hasanova Kibryo Jahongirovna

    Marg’ilon 1-son politexnikumi

  • Sotvoldiyeva Muazzam Turg’unovna

    Marg’ilon 1-son politexnikumi

##submissions.published##

2025-01-20