MAMLAKATIMIZDA TARIF PREFERENSIYALARNI QOʻLLASHNING TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARI.
##semicolon##
Kalit soʻzlar: tarif preferensiyalari, bojxona imtiyozlari, eksportni ragʻbatlantirish, import tartib-taomillari, bojxona toʻlovlari, erkin savdo bitimlari, savdo siyosati, preferensial rejimlar, iqtisodiy integratsiya, tashqi savdo, bojxona siyosati, iqtisodiy manfaatlar, savdo erkinligi.##article.abstract##
Annotatsiya: Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida tarif preferensiyalar tizimini qoʻllash amaliyoti tahlil qilinadi hamda uni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari asoslab beriladi. Xususan, preferensial savdo bitimlari, erkin savdo zonalari va rivojlanayotgan davlatlarga berilayotgan imtiyozlarning milliy iqtisodiyotga taʻsiri koʻrib chiqiladi. Shuningdek, tarif preferensiyalarni qoʻllashda yuzaga kelayotgan muammolar, xalqaro tajriba asosida ularni bartaraf etish mexanizmlari hamda bojxona-maʻmuriyatchiligi jarayonlarida raqamlashtirishning oʻrni yoritilgan. Tadqiqot yakunida mamlakat eksport salohiyatini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish orqali tarif preferensiyalar samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.