O‘QUVCHILARDA ALGORITMIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
##semicolon##
Kalit so'zlar: algoritmik tafakkur, mantiqiy fikrlash, tizimli yondashuv, vizual dasturlash, didaktik o‘yinlar, AKT, modellashtirish, bosqichli topshiriqlar, muammoni yechish##article.abstract##
Mazkur maqolada o‘quvchilarda algoritmik tafakkurni shakllantirishning samarali usullari va metodlari yoritilgan. Algoritmik tafakkur o‘quvchilarning muammoni bosqichma-bosqich hal qilish, mantiqiy fikrlash va tizimli yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishda foydalaniladigan didaktik o‘yinlar, vizual dasturlash muhiti, masalalarni modellashtirish va bosqichli topshiriqlardan foydalanish kabi yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali algoritmik tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda pedagogik jarayonga integratsiyalashgan amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlash va tizimli yondashuvni mustahkamlash yo‘llari asoslab berilgan.