HOMILADORLIKDA GERPES VIRUSI XAVF OMILLARI VA OLDINI OLISH CHORATADBIRLARI

##article.authors##

  • Qobiljonova Sarvinoz ##default.groups.name.author##
  • Odashboeva Xilola ##default.groups.name.author##

##semicolon##

Kalit so`zlar: Gerpes virusi, homiladorlikdagi xavf omillari, tugʻma infeksiya, antiviral terapiya, immunitet pasayishi, profilaktika choralari, homila rivojlanishidagi asoratlar.

##article.abstract##

Homiladorlik davrida ayol organizmida yuz beradigan fiziologik va immunologik o‘zgarishlar turli infeksiyalar, jumladan, gerpes virusi faollashuvi uchun qulay sharoit yaratadi. Gerpes virusi homila va ona salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Ushbu maqolada homiladorlik davrida gerpes virusining turli ko‘rinishlari, ularning rivojlanish mexanizmlari, homilaga ta’siri va yuzaga keladigan asoratlar keng yoritiladi. Tadqiqot davomida gerpes virusining birlamchi va qayta faollashuvchi shakllari homiladorlik uchun qanday xavf tug‘dirishi haqida tahlil berilgan. Ayniqsa, virusning homilaga yuqishi natijasida tug‘ma infeksiyalar, homila rivojlanishidagi nuqsonlar, muddatidan oldin tug‘ilish va past vaznli chaqaloqlar tug‘ilishi ehtimoli ko‘rib chiqiladi. Maqolada gerpes virusining oldini olish va nazorat qilishning zamonaviy usullari, shuningdek, antiviral terapiyaning samaradorligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.

##submissions.published##

2025-06-29