Si(Li) p-i-n TUZILMALARI ASOSIDAGI YADROVIY NURLANISHLARNI QAYD QILUVCHI 8 TA TASMALI DETEKTORNING TOQ TASMALARI VOLT-AMPER XARAKTERISTIKALARINI MODELLASHTIRISH
##semicolon##
Kalit so‘zlar: kompyuterli matematik model, yarim o'tkazgichli detektor, tok, kuchlanish, tasmalar, eksperimental.##article.abstract##
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy elektron texnologiyalar sohasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan yarim o'tkazgichli yadroviy nurlanish detektorlarini xarakteristikalari matematik va kompyuter modellashtirish yordamida tahlil qilingan. Matematik modeldan foydalanib, katta o'lchamdagi sakkiz tasmali yarim o'tkazgichli koordinataga sezgir yadroviy nurlanish detektorlarining volt-amper xususiyatlari taqqoslangan. Tanlangan ketma-ketlikdagi tasmalarning volt-amper xususiyatlari taqqoslandi, bunda bu jarayon MATLAB dastur paketi yordamida amalga oshirildi. Matematik modellashtirishda eng kichik kvadratlar usuli qo‘llanildi. Olingan natijalar taklif etilgan ekvivalent elektr sxemasi Si(Li) p-i-n tuzilmalarining tok va kuchlanish qiymatlarini yuqori aniqlik bilan tasvirlash imkonini berishini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar natijasida tajriba va modellashtirish yo‘li bilan olingan natijalar orasidagi eng katta tok kuchi nisbatidagi farq 0,26 ga teng ekanligi aniqlangan.