BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KASBIY DEFORMATSIYANI SHAKLLANTIRUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR

Authors

  • TO’LANOVA MAXLIYOXON MUROTALI QIZI Author
  • ALIJONOV SHOHRUHBEK Author

Keywords:

kasbiy deformatsiya , boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi , psixologik omillar, ijtimoiy omillar ,hissiy charchoq ,o‘qituvchilik stressi , pedagogik faoliyat , shaxsiy rivojlanish , professional moslashuv , emotsional burnout , kasbiy motivatsiya , ta’limdagi psixologik muammolar.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati davomida yuzaga keluvchi kasbiy deformatsiya holatlari va ularni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilingan. Shuningdek, kasbiy deformatsiyaga olib keluvchi yetti asosiy ijtimoiy-psixologik omil: mehnat faoliyatining monotonligi, hissiy yuklama, ijtimoiy muloqotning cheklanishi, kasb obroysi, byurokratik bosim, jamoaviy muhit va ish-shaxsiy hayot muvozanatining buzilishi har biri alohida tahlil qilingan. Bu omillarning o‘zaro ta’siri va o‘qituvchi shaxsiyatiga ta’siri misollar, ilmiy qarashlar va amaliy holatlar bilan yoritilgan. Maqolada xorijiy va mahalliy adabiyotlar asosida mavzuning dolzarbligi ko‘rsatilib, tizimli yondashuv va deskriptiv tahlil metodlari asosida muammo yoritilgan. Natijada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ishlovchi o‘qituvchilarning kasbiy barqarorligini ta’minlash va psixologik salomatligini asrash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga asos yaratildi.

Author Biographies

  • TO’LANOVA MAXLIYOXON MUROTALI QIZI

    Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika psixalogiya kafedrasi o`qituvchisi

  • ALIJONOV SHOHRUHBEK

    Andijon davlat pedagogika instituti Matematika va informatika y`onalishi 2-bosqich talabasi

Published

2025-04-22

How to Cite

BOSHLANG’ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KASBIY DEFORMATSIYANI SHAKLLANTIRUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLAR. (2025). Modern Education and Development, 24(3), 110-116. https://scientific-jl.com/mod/article/view/10045