BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODIY FIKRLASHNI OSHIRISH
Keywords:
ijodiy fikrlash, boshlang’ich sinf, pedagogik innovatsiyalar, interaktiv ta’lim, o’yin asosida o‘qitish, salohiyatni rivojlantirish, interdisiplinar yondashuv.Abstract
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodiy fikrlashni oshirish jarayoni ilmiy va amaliy asoslar, shuningdek, pedagogik innovatsiyalar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda interaktiv o’qitish metodlari, o’yin asosida o‘qitish texnologiyalari va interdisiplinar yondashuvlar yordamida ijodiy salohiyatning rivojlanish mexanizmlari aniqlanib, ularning o’quv jarayoniga qo’llanilishi baholandi. Maqola nazariy ma’lumotlar va empirik tadqiqot natijalari asosida pedagogik amaliyotni boyitishga qaratilgan strategiyalarni, shuningdek, o’qituvchilarning ijodiy fikrlashni rag’batlantirish bo’yicha tajriba va tavsiyalarni taqdim etadi. Natijalar zamonaviy ta’lim tizimida pedagogika va psixologiya asosida ijodiy salohiyatni kengaytirishning yangi imkoniyatlarini ochib berishi kutilmoqda.