YOG’LI URUG’LAR TARKIBIDAGI ZAHARLI VA MINERAL MODDALAR
Keywords:
Yogʻli urugʻlar, mineral moddalar, zaharli birikmalar, sianid, linamarin, amigdalin, aflatoksin.Abstract
Ushbu maqolada yogʻli urugʻlarning kimyoviy tarkibi haqida so‘z yuritiladi. Ayniqsa, ularning inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan mineral moddalari va xavf tug‘diruvchi zaharli birikmalari tahlil qilinadi. Turli urug‘ turlarida uchraydigan kalsiy, magniy, temir kabi minerallar va ularga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadigan linamarin, amigdalin, aflatoksin kabi zaharli moddalar haqida ma’lumot beriladi. Mavzu zamonaviy ilmiy manbalarga tayangan holda yoritilgan va xavfsiz iste’mol qilish usullari ham ko‘rib chiqilgan. Yogʻli urugʻlar inson organizmi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab bioaktiv moddalarga boy bo‘lib, kundalik ovqatlanishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada yogʻli urugʻlar tarkibidagi foydali mineral moddalarning ahamiyati, shuningdek, ba’zilarida uchraydigan zaharli birikmalar haqida atroflicha ma’lumot berilgan.