XOM IPAK ISHLAB CHIQARISH MAHSULOTLARI SINOV LABORATORIYASINI AKKREDITATSIYAGA TAYYORLASH
Keywords:
xom ipak, laboratoriya, akkreditatsiya, ISO/IEC 17025:2017, sifat nazorati, sertifikatlashtirish, sinov, xalqaro standart, laboratoriya infratuzilmasi, ipakchilik.Abstract
Ushbu maqolada xom ipak mahsulotlarini sinovdan o‘tkazuvchi laboratoriyani xalqaro standartlarga muvofiq ravishda akkreditatsiyaga tayyorlashning metodologik, texnik va me’yoriy-huquqiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan laboratoriyalarning akkreditatsiyadan o‘tish darajasi, mavjud infratuzilma, texnologik tayyorgarlik va kadrlar salohiyati tahlil qilindi. Maqolada ISO/IEC 17025:2017 xalqaro standarti asosida akkreditatsiya jarayonining asosiy bosqichlari ochib berilgan. Yangi statistik ma’lumotlar asosida laboratoriyaning tahliliy va texnik imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik tajribalari, akkreditatsiyaning iqtisodiy va texnologik afzalliklari tahlil qilinadi. Muammo va kamchiliklar bilan bir qatorda, taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan.